00:25 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Upolnomochennыy po pravam cheloveka v RF Tatyana Moskalkova

Sobiq SSSR aholisiga Rossiya fuqaroligini olishni osonlashtirish kerak – ombudsmen

© Sputnik / Aleksandr Natruskin
Migratsiya
Havola olish
64810

Rossiya prezidentining inson huquqlari boʻyicha maslahatchisi Tatyana Moskalkova sobiq SSSR aholisi Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi kerakligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Rossiya prezidentining inson huquqlari boʻyicha maslahatchisi Tatyana Moskalkova Vladimir Putinga bergan hisobotida sobiq SSSR aholisi Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi kerak dedi. 

“Ombudsmeni soʻzlariga koʻra, Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolari kategoriyasini kengaytirish kerak. Sobiq SSSR hududida yashagan, rus tilini biladigan va kundalik hayotda rus tilidan foydalanayotgan fuqarolarga – “rus tili sohiblari” maqomini va soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish imkonini berish kerak”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga ombudsmen huquqni himoya qilish tashkilotlarining prezidentga iltimosini ham yetkazdi. Ular Putindan  “Rossiya fuqaroligidan mahrum qilingan shaxslar” ishini tezkorlik bilan hal qilishni soʻrashmoqda. Biroz oldin Rossiya IIV tekshiruvlar oʻtkazib, bir necha yil oldin berilgan Rossiya pasportlarini noqonuniy deb eʼlon qilgan edi.

Ombudsmen fikriga koʻra, Rossiya fuqaroligini olish jarayonidan “vaqtincha yashashga ruxsatnoma olish” bosqichini mustasno qilsa ham boʻladi. Chunki ushbu bosqich “Yashashga ruxsatnoma olish” bosqichi bilan bir xil.

Maʼlumot uchun, Statistika qoʻmitasi xabariga koʻra, 2019 yildan boshlab Rossiyada aholi soni oʻsishi toʻxtaydi. Bunga sabab - balogʻat yoshiga yetuvchilar soni kamayishidir. Hozir balogʻat yoshiga yetayotgan fuqarolar 1990 yillarda tugʻilgan bolalar. Oʻsha yillarda Rossiyada ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ogʻir boʻlgani tufayli tugʻilishlar soni keskin kamayib ketgan edi. Ushbu munosabat bilan Rossiya prezidentiga kamayayotgan aholi sonini qisman migratsiya hisobiga toʻldirish taklif qilinmoqda.

Asosiy mavzular