14:42 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke

Rossiyada migrantlar uchun yangi toʻlov joriy etish taklif qilindi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Migratsiya
Havola olish
51310

Migrantlarga ijtimoiy va tibbiy sugʻurtalashdan foydalanish, ularning farzandlarini esa bogʻcha va maktabga joylashtirish imkoniyatini beradi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiyada istiqomat qilish guvohnomasiga (VNJ) yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasiga (RVP) ega boʻlgan migrantlar uchun qoʻshimcha toʻlov joriy etish taklif qildi.

Bu haqda "Kommersantʼ" mazkur hujjat loyihasiga asosan xabar qildi.

Rossiyada RVP va VNJ asosida yashaydigan fuqarolar 1600 va 3500 rubl miqdorida davlat bojini toʻlaganda mehnat qilish huquqiga ega boʻladi.

Taʼkidlanishicha, bu toʻlov migrantlarga ijtimoiy va tibbiy sugʻurtalashdan foydalanish, ularning farzandlarini esa bogʻcha va maktabga joylashtirish imkoniyatini beradi.

Rossiyaga vizasiz keladigan xorijiy fuqarolar mamlakatda patent asosida ishlaydi, bir yil ish faoliyati davomida mahalliy byudjetga 30 dan 60 ming rublgacha toʻlov toʻlaydi.

Biroq IIV migrantlar bu toʻlovlardan qochish maqsadida RVP va VNJ olishga harakat qiladi. Biroq ular Rossiya jamiyatiga toʻliq integratsiya qilishni xohlashmaydi. Shuning uchun IIV tomonidan jismoniy shaxslarda ishlaydigan (RVP va VNJga ega boʻlgan fuqarolar) ishchilarga patent toʻlov majburiyatini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Taklif mualliflariga koʻra, davlat bojini kirish mamlakatga uzoq muddatli migrantlar oqimini koʻpaytiradi.

Yaqin vaqtlarda IIV bu taklif Mehnat va Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan kelishish uchun yuboriladi.

Asosiy mavzular