14:49 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Uzbekistan vernul iz RF grajdan, popavshix v slojnoye polojeniye

Oʻzbekiston Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni vatanga qaytardi

Press-slujba Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Respubliki Uzbekistan
Migratsiya
Havola olish
126 0 0

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 719 nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi. Shuningdek, xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar vaziyati hisobga olinib, ularga yashash joylariga yetib olishlari uchun EKOIHning 1 baravari miqdorida pul mablagʻlari berildi.

TOSHKENT, 2 iyul – Sputnik. 2019 yilning I yarim yilligida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiya Federatsiyasining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlarida boʻlgan, hujjat va mablagʻlarsiz qiyin ahvolda qolgan jami 719 nafar fuqaroni Oʻzbekistonga qaytardi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana

Maʼlum qilinishicha, fuqarolarni ortga qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hisobidan qoplangan.

Qaytarilgan fuqarolar bepul maxsus tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining masʼul mutaxassislari tomonidan ishga joylashish, kasbga oʻqitish va qayta oʻqitish masalalari boʻyicha tashkillashtirilgan muloqotlarida ishtirok etdi.

“Shuningdek, xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar vaziyati hisobga olinib, ularga yashash joylariga yetib olishlari uchun EKOIHning 1 baravari miqdorida pul mablagʻlari berildi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga 2018 yilning oktyabr oyidan boshlab Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 950 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarilganini maʼlum qilgan edi.

Oʻzbekiston prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2018 yil sentyabrdagi Hukumatlararo komissiyaning 19-kengashida Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida erishilgan kelishuvga muvofiq, xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni Oʻzbekistonga qaytarish chora-tadbirlari boshlangan.

Asosiy mavzular