21:18 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoye foto

Novosibirskda ota zugʻumiga uchragan bolalar vatanga qaytarildi

CC0 / pixabay
Migratsiya
Havola olish
387 0 0

Bolalar Rossiya shaharlaridan birida oʻta konservativ, kundalik hayotdan farq qiladigan oilada tarbiyalangan

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Joriy yil iyul oyida Rossiyaning Novosibirsk shahridan Toshkent aeroportiga kelib qoʻngan samolyotda Toshkent IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari tomonidan 8 yashar Mahmud va 10 yoshli Holida ismli bolalar olib kelindi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.

Bolalar Rossiya shaharlaridan birida oʻta konservativ, kundalik hayotdan farq qiladigan oilada tarbiyalangan.

Sakkiz yashar bolakay otasidan qay tarzda taʼlim olgani haqida gapirib bergan: soʻzlariga koʻra, ota ularga eng muhim narsa - dindan saboq bergan. Maktab, bolalar bogʻchasi, doʻstlar, oʻyin-kulgi nimaligini bolalar bilishmagan. Ammo Islomda ayol va erkak roli nimadan iboratligini yaxshi bilishgan. Shunday holatlar ham boʻlgan-ki, ota oʻz bolalari koʻz oʻngida ularning onasini doʻpposlagan, unga azob bergan. Erkak zulmiga chidolmagan ayol oilani tashlab qochgan va Novosibirsk shahridagi Oʻzbekiston konsulligiga murojaat qilgan.

Ayol konsullikda oʻzining dahshatli hayoti haqida gapirib bergan va uyga joʻnatishlarini soʻrab, yolvorgan. Novosibirskdagi Oʻzbekiston Bosh konsulligi sayi-harakatlari bilan ayol vatanga qaytarilgan.

Ayolning Konsullika murojaatidan soʻng, Novosibirsk shahridagi vasiylik organlari va politsiya hamkorligida otadan bolalar olib qoʻyilgan va shahardagi "Oila va bolalarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash" markaziga joylashtirilgan. Bolalar bu yerdan toʻgʻri Oʻzbekistonga yuborilgan.

Keyinroq maʼlum boʻlishicha, bolalarning Abdurazzoq ismli akalari ham boʻlib, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yoʻqligi sababli, Oʻzbekistonga olib kelishning iloji boʻlmagan. Ayni vaqtda Konsullik vasiylik organlari bilan birgalikda bolakayni vatanga qaytishi uchun unga barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirib berish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Ayni vaqtda bolalar Toshkent IIBB balogʻat yoshiga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazida oʻz tengdoshlari bilan muloqot qila boshlaganlar. Ular bilan suhbatlashgan psixologning soʻzlariga koʻra, kichkintoylar oʻz onasini koʻpam eslashmaydi va uni sogʻinishmaydi. Bu esa, ularni hayotga keltirgan ayol bilan emotsional rishtalar uzilganligini anglatadi.

Bugungi kunda markazda bolalarni jamiyatga qaytarish va toʻliq reabilitatsiya qilishlariga yordam berish boʻycha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ularni taʼlim jarayoniga qaytarish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda.

Asosiy mavzular