13:20 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Samara yaqinida zaharlangan Oʻzbekiston fuqarolaridan biri vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov
Migratsiya
Havola olish
186 0 0

Ish beruvchi Oʻzbekiston fuqarolari davolanishi bilan bogʻliq barcha harajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan. Maʼlumotlarga koʻra, ular barchasi rasmiy ishlagan va mehnat shartnomasiga ega boʻlgan

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. Samara viloyatida zaharlangan 69 nafar Oʻzbekiston fuqarosidan biri vafot etdi, deb xabar qildi TIV matbuot-xizmati.

Qolgan 48 nafari V.D.Seredavin nomidagi Samara viloyati klinik shifoxonasida va 1-son Tolyatti shahar klinik shifoxonasida qolmoqda. Ularning ahvoli barqaror-ogʻir deb baholanmoqda.

"Oʻzbekiston fuqarosi O.S. vafot etdi va hozirda Bosh konsulxona marhum hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda koʻmak koʻrsatmoqda", - deyiladi xabarda.

Yigirma nafar oʻzbekistonlikka kasalxonadan javob berildi va ular ish joylariga qaytishdi. Ular mahalliy shifokorlarning doimiy kuzatuvida boʻlib turibdi.

17 iyul kuni Samara viloyatida Oʻzbekistonning 69 nafar fuqarosi "nomaʼlum modda bilan zaharlanish" tashxisi bilan kasalxonaga olib kelingan.

Oʻzbekiston fuqarolari Samara viloyati Sizran tumani Koshelevka qishlogʻiga qishloq xoʻjaligi ishlari bilan shugʻullanish uchun kelganlar. Keyinchalik TIV bergan maʼlumotlarga koʻra, ular "Koshelevskiy posad" korxonasida ishlashgan.

Ish beruvchi Oʻzbekiston fuqarolari davolanishi bilan bogʻliq barcha harajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan. Maʼlumotlarga koʻra, ular barchasi rasmiy ishlagan va mehnat shartnomasiga ega boʻlgan.

Ommaviy zaharlanish sabablari hali aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular