13:55 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy

Qalbaki hujjatlar boʻyicha oʻzbeklar Finlandiyada birinchi boʻldi

Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana
Migratsiya
Havola olish
345 0 0

2019 yilning birinchi yarmida Finlandiya 219 nafar Oʻzbekiston fuqarolarini qalbaki hujjat tufayli deport qildi.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Hukumatlar bir-biriga ishongani tufayli qalbaki hujjatlardan foydalanish yillab davom etgan va davom etomoqda, oʻzbeklar haligacha Finlandiyada qalbaki hujjatlar bilan ish qidirmoqda, deb yozadi Finlandiyaning Yle nashri.

Finlandiya Migratsiya xizmati (Migri) xabariga koʻra, ushbu yil yozda jami 219 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Finlandiyadan deportatsiya qilingan. Undan tashqari Finlandiyada Yashashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan oʻzbekistonliklarning258 nafariga rad javobi berlgan, faqat 42 kishigani ijobiy javob olgan.

Bularning barchasiga – Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan qalbaki attestat va diplomlar taqdim etishgani boʻlgan. Oʻzbekiston fuqarosi tomonidan taqdim etilgan biinchi qalbaki hujjat 2015 yilda aniqlangan, 2016 yilda ham ularning soni koʻp boʻlmagan, lekin 2017 yildan boshlab – keskin oshib ketgan. Bugungi kunga qadar Finlandiya migratsiya xizmati Oʻzbekiston fuqarolaridan 500dan ortiq soxta attestatlar olishgan.

Migra aytishiga qaraganda, qalbaki hujjatlarni aniqlash oson ish emas, lekin Oʻzbekiston fuqarolari taqdim etgan soxta hujjatlar yasalish sifati ham juda past boʻlgan. Baʼzi diplom va attestatlarning nomeri ham bir xil boʻlgan.

Qalbaki hujjatlar boʻyicha vizalar asosan Finlandiyaning Rossiya va Qozogʻistondagi elchixonalari orqali olingan.

2019 yilda Finlandiyadan deportatsiya filingan fuqarolar soni boʻyicha Oʻzbekiston birinchi oʻringa chiqqan. Buni quyidagi diagrammadan koʻrish mumkin.

Kolichestvo deportirovanыx grajdan iz Finlandii za yanvar-iyul 2019 goda

Asosiy mavzular