07:32 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Uzbekskiy pasport

Mingdan ortiq kishi Oʻzbekiston fuqaroligini yoʻqotishi mumkin - roʻyxat

© Galina Sapayeva / «Gazeta.uz»
Migratsiya
Havola olish
101910

Xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan, ammo konsullik hisobiga turmagan Oʻzbekiston fuqarolari roʻyxati eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan Oʻzbekiston fuqarolar roʻyxatini eʼlon qildi. Roʻyxatda 1150 kishi haqida maʼlumot keltirilgan.

Roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Ular uch yildan ortiq vaqt oldin xorijiy davlatlarga doimiy yashashga chiqib ketgan, ammo hozirgacha xorijdagi idoralar dastlabki tekshiruvi natijalariga koʻra konsullik hisobiga turmagan.

“Shu munosabat bilan, "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida"gi qonunning 21-moddasiga binoan ushbu shaxslarga nisbatan fuqarolikni yoʻqotish masalasi koʻrib chiqilmoqda”, - deyilgan xabarda.  

Eslatib oʻtamiz, agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan boʻlsa, bunday shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi yoʻqotiladi.

Asosiy mavzular