04:17 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Pasport grajdanina Rossiyskoy Federatsii

Rossiya fuqaroligini olish uchun ish staji muddati kamaytirildi

© Sputnik / Nina Zotina
Migratsiya
Havola olish
51620

Yuqori malakali xorijiy mutaxassislar soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur boʻlgan mehnat muddatini uch yildan bir yilgacha qisqartirishni nazarda tutgan qonun kuchga kirdi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislar soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur boʻlgan mehnat muddatini uch yildan bir yilgacha qisqartirishni nazarda tutgan qonun kuchga kirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Fuqarolikni olishning ushbu usuli bilan endi Rossiyada Mehnat vazirligi roʻyxatiga kiritilgan mutaxassisliklar boʻyicha ishlayotgan chet elliklar foydalanishi mumkin. Ushbu roʻyxatga 74 ta kasb kiritilgan – ular asosan tibbiyot, muhandislik va ishchi mutaxassisliklar tashkil etadi.

Tegishli qonun iyun oxirida Davlat Dumasi tomonidan qabul qilingan. Prezident qonunni 3 iyul kuni imzoladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya hukumati mamlakat fuqaroligini olishga davogarlik qilgan chet elliklarga birinchi fuqaroligidan voz kechmaslikka ruxsat berishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi yozilishicha, kelajakda migratsiya siyosatini amalga oshirilishida boshqa fuqarolikdan voz kechish majburiy talabini bekor qilishga imkon beradi. Hujjat hukumat tomonidan maʼqullangan.

Bundan tashqari, Rossiya oliygohlari, MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining yetakchi oʻquv muassasalarida tahsil olgan xorijliklar uchun vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash huquqini beruvchi hujjat va fuqarolikni olish tartibini soddalashtirish boʻyicha rejalarni ham oʻz ichiga oladi.

Asosiy mavzular