23:21 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva

Oʻzbekiston hukumati migratsiyani qisqartirmoqchi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Migratsiya
Havola olish
110510

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hisob-kitoblariga koʻra, 2030 yilga kelib respublikada iqtisodiy faol aholining soni 17% ga oshadi.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati 2030 yilgacha mehnat migrantlari sonini 16,6% gacha (2018 yildagi 1,96 million kishi bilan qiyoslaganda) qisqartirishni rejalashtirgan, deya respublikada 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanish kontseptsiyasi loyihasiga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar qiladi.

2030 yilga kelib, mamlakatdan tashqariga ishlash uchun chiqib ketayotgan iqtisodiy faol aholi sonini 2018 yilgi 15,6%dan 11,1%gacha qisqartirish koʻzda tutilgan. 

Loyihada keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 2030 yilda mamlakatda iqtisodiy faol aholi soni 17% ga, yaʼni 2018 yilgi 15,099 milliondan 17,707 million kishiga oʻsishi kutilmoqda. Shunday qilib, migrantlar soni 2,355 milliondan 1,965 million kishigacha qisqaradi va pasayish surʼatlari 16,6%ni tashkil etadi.

Vazirlik prognozlariga koʻra, aholining oʻsish surʼatlari yillik oʻrtacha 1,3%ni tashkil etishi barobarida, 2030 yilda mamlakat doimiy aholisining yillik oʻrtacha soni 18,4% ga oʻsib 38,6 million kishini tashkil etadi.

Mehnat migratsiyasini kamaytirish choralari qatorida xususiy tadbirkorlik sektorida yangi ish joylarini hosil qilish uchun ushbu sektor daromadlariga boʻlgan soliq yukini pasaytirish, mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan viloyatlarda yangi korxonalarni barpo etish hamda ish beruvchilarni ishchi kuchini yollashga boʻlgan intilishini ragʻbatlantirish maqsadida Mehnat kodeksini qayta koʻrib chiqish kabilar oʻrin olgan.

Koʻrsatilgan choralarning amalga oshirilishi mahalliy iqtisodiyotda ish bilan band aholi sonini 14,6 milliongacha (+1,3 barobar) oshirish imkonini yaratadi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda Oʻzbekistondan tashqarida mehnat qilayotganlar soni 2,6-3 million kishiga teng (iqtisodiy faol aholining taxminan 20%). RF IIV maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyadagi barcha migrantlar sonining 10% izini tashkil etadi.

Asosiy mavzular