TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Chet el fuqarosi Oʻzbekistonda vaqtincha yashash uchun ruxsatnomani uch mln AQSH dollariga olishi mumkin, xabar beradi Adliya vazirligi.
“Respublikada 3 million AQSH dollari qiymatida investitsiya kiritgan chet el fuqarosiga 10 yillik muddatga Oʻzbekistonda yashash uchun ruxsatnoma taqdim etiladi”, - deyiladi xabarda.
Investitsion vizani qoʻlga kiritish uchun ichki ishlar organlari hududiy boʻlinmalariga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etish talab etiladi: oʻrnatilgan tartibdagi anketa, xorijiy investitsiya kiritayotgan korxonadan rasmiy iltimosnoma xati, kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma va pasport.
Biz fuqarolarimiz sonini koʻpaytiryapmiz, hududimizda yashaydiganlarni emas
Xorijiy investorlar va ularning oila aʼzolariga, shu jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari bilan teng ravishda mahalliy oliygohlarda stipendiya olish va huddi shunday shartlarda oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni olish kabi imtiyozlar taqdim etilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, ilgari bu turdagi viza 5 yilgacha berilgan edi.