23:26 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti

Moskvada patent narxi koʻtarilishi kutilmoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
76110

Moskva hukumati 2020 yilda mehnat migrantlari uchun patent narxini koʻtarishni rejalashtirmoqda. Hozirgi vaqtda patent narxi 5000 rublni tashkil qiladi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Moskva meriyasi mehnat migrantlari uchun patent narxini koʻtarishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Moskva hukumati prezidiumi yigʻilishi materillarida aytilgan.

Poytaxt amaldorlari taklifiga koʻra, patent narxi 350 rublga qimmatlashadi – hozirgi 5000 rubldan 5350 rublga koʻtariladi. Soʻnggi marta patent narxi koʻtarilishi sezilarli boʻlib, birdaniga 500 rublga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda patent narxi oyiga 4500 rublini tashkil qilgan. 2018 yilda Rossiyada mehnat migrantlari uchun patentning maksimal qiymati Uzoq Sharq va shimoliy mintaqalarda oʻrnatilgandi.

Rossiyaning barcha hududlari orasida patentning oʻrtacha narxi 3,9 ming rublni tashkil qiladi.

Moskva meri Sergey Sobyaninning soʻzlariga koʻra, Moskvada roʻyxatdan oʻtish va patent berish tufayli migrantlar oʻrtasidagi jinoyatchilik ikki baravar kamaydi.

Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha butun bir dastur qabul qilindi. Xususan, ular Oʻzbekistonning oʻzida ish beruvchini tanlashi, tashkiliy tanlov asosida Rossiyada ishlash uchun ketishlari mumkin. Bundan tashqari, migrantlarga Oʻzbekistonda uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi, sugʻurta imtiyozlari ishlab chiqilmoqda.

Asosiy mavzular