19:56 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Predstaviteli Mintruda RUz pobыvali v Sankt-Peterburge dlya oznakomleniya s jiznyu migrantov

Pasporti olib qoʻyilgan va ish haqi toʻlanmagan 25 nafar fuqaroga yordam koʻrsatildi – TIV

Abuaziz Xafizov
Migratsiya
Havola olish
300 0 0

Xabarda xizmat safari chogʻida boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlangani qoʻshimcha qilingan. Shu munosabat bilan bosh konsulxona Astraxan viloyatining tegishli organlariga tekshiruv tadbirlarini olib borishni soʻrab murojaat qilmoqchi.

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. 2019 yilning 24 oktyabr kuni Oʻzbekiston fuqarolarining murojaatlariga binoan mamlakatning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi Astraxan viloyatida sayyor qabul oʻtkazdi.

TIV xabariga koʻra, Astraxan viloyati “Oʻzbekiston” oʻzbek madaniyati jamoat tashkiloti binosida turli masalalar boʻyicha murojaat qilgan 67 nafar fuqaroga konsultatsiya berilgan. Vatanga qaytish sertifikatini rasmiylashtirish uchun 34 nafar fuqarolardan ariza, tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma rasmiylashtirish uchun 20 ta hujjat qabul qilingan. Shuningdek, 16 nafar oʻzbekistonliklarga turli masalalar boʻyicha yordam berildi.

Qayd etilishicha, bosh konsulxona vakili Chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markazida ham boʻlgan. U yerdagi yashash tartibini buzgan va tegishli ruxsatnomasisiz mehnat faoliyatini amalga oshirgan 50 nafar Oʻzbekiston fuqarolaridan 11 tasiga Oʻzbekistonga qaytish uchun sertifikati topshirilgan.

“Konsul Xujabaxlil Asamov oʻzbek diasporasi rahbari Bahodir Aminov bilan 25 nafar Oʻzbekiston fuqarolarning pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qoʻyilgani va ish haqi toʻlanmagani toʻgʻrisida maʼlumot olib Xarabali tumaniga bordi. Koʻrilgan choralar natijasida hujjatlar qaytarildi, ish haqi toʻlandi, hamyurtlarimiz esa vatanga yuborildi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda xizmat safari chogʻida boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlangani qoʻshimcha qilingan. Shu munosabat bilan bosh konsulxona Astraxan viloyatining tegishli organlariga tekshiruv tadbirlarini olib borishni soʻrab murojaat qilmoqchi.

Asosiy mavzular