21:20 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti

Rossiyada xorijliklarga migratsion hujjatlarni topshirishda qulaylik yaratiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Migratsiya
Havola olish
47410

Yaqin yillarda Rossiyaga kelgan chet el fuqarolari migratsiya sohasidagi davlat xizmatlarini olish uchun arizani elektron shaklda topshirishlari mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev chet elliklarning migratsiya sohasidagi davlat xizmatlarini olish uchun ariza berishlarini osonlashtirish toʻgʻrisida topshiriq berdi. Bu haqda Rossiya Vazirlar mahkamasi saytida xabar qilindi.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi bilan birgalikda  chet el fuqarolarining migratsiya sohasidagi davlat xizmatlarini olish uchun arizani elektron shaklda topshirishlarini taʼminlashi shart.

Agar ushbu topshiriq oʻz vaqtida bajarilsa, 2023 yil 1 dekabridan migrantlar oʻz arizalarini onlayn ravishda topshirish imkoniga ega boʻlishadi.

Moskvada patent narxi koʻtarilishi kutilmoqda

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda tashqi migratsiya toʻgʻrisida qonun qabul qilinishi mumkinligi haqida xabar qilingan edik. Ushbu taklif Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan bildirilgan.

Asosiy mavzular