15:50 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Bolnitsa

Oʻzbek milliarderi Moskvada migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkillashtirdi

Sputnik
Migratsiya
Havola olish
76410

Klinikada yordamga muhtoj chet elliklar, migrantlar, qochoqlar va boshpanasi yoʻq shaxslarga yordam koʻrsatiladi.

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. Fattox Shodiyev xalqaro fondi va Rus pravoslav cherkovi moliyaviy koʻmagi yordamida Moskva shahrida migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Tashkilotchilarning maʼlum qilishicha, tibbiy klinika migrantlarga yordam koʻrsatuvchi markaz hisoblanmish "Ryadom dom" (Uy yoningda) va Avliyo Aleksiy markaziy klinik shifoxonasi hamkorligida tashkil etilgan.

Bu yerda muhtoj chet elliklar, migrantlar, qochoqlar va boshpanasi yoʻq shaxslarga yordam koʻrsatiladi. Bemorlardan faqat pasport talab etiladi.

Klinika xodimining soʻzlariga koʻra, tibbiy yordamga muhtoj migrantlar migrantlar ish kunlari soat 08:30 16:30ga qadar 7(495) 952-11-41 telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Asosiy mavzular