15:14 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yazыku

Rossiyada migrantlardan imtihon qabul qilishga doir qonun qabul qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Migratsiya
Havola olish
295 0 0

Rossiya Davlat dumasi xorijiy fuqarolar uchun rus tili va Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari boʻyicha kompleks imtihon oʻtkazish boʻyicha yagona yondashuv toʻgʻrisida qonun loyihalarini qabul qildi.

TOSHKENT, 4 dekabr - Sputnik. Rossiya Davlat dumasi xorijiy fuqarolar uchun rus tili va Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari boʻyicha kompleks imtihon oʻtkazish boʻyicha yagona yondashuv toʻgʻrisida qonun loyihalarini qabul qildi.

Hujjatda faqat kompleks imtihonni oʻtkazish va tegishli sertifikatlarni berish huquqiga ega boʻlgan taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Rossiya hukumati tomonidan sertifikat amal qilish muddati belgilanadi.

Sertifikat olish maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi: 3 yil – vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish uchun, muddatsiz – istiqomat qilish guvohnomasi (VNJ).

Shuningdek, hujjatda xorijiy fuqaroning maqsadidan kelib chiqqan holda rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bilimlar boʻyicha darajasiga talablarni belgilash taklif qilingan.

Ikkinchi qonun loyihasi esa taʼlim muassasalari va ularning mansabdor shaxslari yagona imtihon oʻtkazish talablarini buzilishi uchun javobgarlikni belgilaydi. Xususan, imtihonni oʻtkazish hamda sertifikatlarni berish va saqlash talablarini buzilishi uchun jarima joriy etish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular