21:39 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Migratsiya
Havola olish
689 0 0

Taʼkidlanishicha, shu kunlarda Bandlik va mehnat vazirligida Shvetsiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Kelgusi yilda Stokgolmda Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy vakolatxonasini ochish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda bugun Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari bilan boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, shu kunlarda Bandlik va mehnat vazirligida Shvetsiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Shvetsiya elchisi hozirda mamlakatda oʻzbekistonlik nolegal mehnat muhojirlari soni koʻpayib borayotganligi, shu bois, Shvetsiya rasmiylari ularni legallashtirish chorasi ustida bosh qotirishayotganini, mamlakatda Mehnat vazirligi rasmiy vakolatxonasi ochilsa, maqsadga muvofiq boʻlishini maʼlum qilgan.

"Biz Shvetsiya tomonining taklifini Tashqi ishlar vazirligiga yetkazdik. Kelgusi yilda rasmiy vakolatxona ochilishini rejalashtirganmiz", - dedi vazir oʻrinbosari Bahodir Umurzakov.

Asosiy mavzular