00:02 30 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Migratsiya
Havola olish
582 0 0

Endilikda xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazlarida saqlanayotgan 41 nafar fuqaroni Oʻzbekistonga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

TOSHKENT, 6 dek - Sputnik. Oʻzbekiston IIV Qozogʻistonda pasportlarini yoʻqotib, yashash manzillariga qaytolmay, qiyin ahvolga tushib qolgan 12 nafar fuqaroni Vatanga qaytardi.

Eslatib oʻtamiz, noyabr oyi oxirida Oʻzbekiston va Qozogʻiston Ichki ishlar vazirliklari Qozogʻiston hududida hamkorlikda "Nolegal" operatsiyasini oʻtkazgan edilar. Nur-Sulton, Olma-Ota va Chimkent shaharlarida oʻtkazilgan reydlar davomida aniqlangan - fuqarolik pasportlarini yoʻqotib yashash manzillariga qaytolmay, qiyin ahvolga tushib qolgan 12 nafar (2 ayol, 10 erkak) fuqaroga Oʻzbekistonga qaytish guvohnomalari berilgan.

Bugun ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi koʻmagida "Olma-ota–Toshkent" aviareysi bilan Oʻzbekistonga olib kelingan.

"Mazkur fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi binosiga olib kelindi, barchasiga tibbiy (rentgen tekshiruv, qon analizlari tekshiruvi, turli yuqumli kasalliklarga tekshiruv), psixologik va yuridik yordam koʻrsatildi hamda yashash manzillariga yetib olishlari uchun eng kam ish haqining bir barovari miqdorida pul mablagʻlari ajratildi", - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, hozirgi vaqtda Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazlarida saqlanayotgan 41 nafar fuqaroni Oʻzbekistonga qaytarish choralarini koʻrishmoqda.

Asosiy mavzular