TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan hisobotga koʻra, mehnat migrantlari eng koʻp Moskva va Sankt-Peterburgga tashrif buyurishar ekan.
“Mehnat patentlarini asosan oʻzbekistonlik mehnat migrantlari olishadi. Ushbu davlat fuqarolariga oʻtgan yilning 9 oyi ichida 835,8 mingta patent berildi. Ikkinchi oʻrinda Tojikiston - 416,2 mingta patent”, - deyilgan xabarda.
Muassasa xabariga koʻra, 2019 yilning yanvar oyidan sentyabr oyiga qadar Rossiya poytaxtida 335,5 mingta patent berilgan.
Ushbu davr mobaynida Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida 190 mingta, Moskva viloyatida 168 mingta patent berilgan.
Berilgan patentlar soni boʻyicha keyingi oʻrinlarda krasnodar oʻlkasi va Sverdlovsk viloyati turadi.
Eng kam mehnat patentlari Tuva, Mariy El va Nenetsk avtonom okruglariga berilgan.