TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishlari mumkin bo‘lgan kasb vakillari ro‘yxatini kengaytirdi. Yangi tasdiqlangan ro‘yxatda 135 ta kasb (ilgari 74 ta bo‘lgan) ko‘rsatilgan.
Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda, jumladan, onkologlar, jurnalistlar va o‘qituvchilar olishlari mumkin. Ro‘yxat, xususan, unga qator tibbiyot mutaxassisliklari kiritilishi hisobiga kengaygan.
Ta’kidlanishicha, ushbu kasb egalariga mintaqa hukumatining takliflari ko‘ra fuqarolik soddalashtirilgan tartibda taqdim etiladi.
Quyida ro‘yxatdagi barcha kasblar bilan tanishish mumkin.
Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirilishi mumkin
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida yuqori malakali xorijiy mutaxassislar soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur bo‘lgan mehnat muddati 3-yildan 1-yilgacha qisqartirilgan edi. Demak, soddalashtirilgan tartibda pasport olishga da’vogarlar Rossiyada o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bir yil ishlari kifoya.