10:56 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Migratsiya
Havola olish
68610

Avvalroq mehnat migrantlarini vaqtincha Rossiya fuqarolariga tenglashtirish va ularga ham ishsizlik nafaqasini toʻlash taklif qilingan edi.

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Hukumat mehnat migrantlariga ishsizlik nafaqasini toʻlashga oid mustaqil ravishda qaror qabul qilishi mumkin. Buning uchun qonunchilikka tuzatish kiritish shart emas. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Federatsiya kengashi ijtimoiy qoʻmitasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Valeriy Ryazanskiy maʼlum qildi.

“Koronavirus tarqalishi tahdidi tufayli Hukumatning unga berilgan vakolatlari doirasida bunday qaror qabul qilishga huquqi bor”, - dedi Ryazanskiy.

Uning taʼkidlashicha, ish beruvchilar bilan rasmiy ravishda shartnoma tuzgan mehnat migrantlari bu masalani bevosita oʻz rahbariyati orqali hal qilishi mumkin.

“Ish beruvchi rasmiy shartnoma tuzmagan chet ellik ishchilar migrantlar assotsiatsiyasi yoki oʻz elchixonalariga murojaat qilishlari mumkin. Soʻngra bu maʼlumot Rossiya Federatsiyasi hukumatiga yetkazilishi mumkin”, - dedi Ryazanskiy.

U hukumatning bunga oʻxshash masalalarni hal qilish uchun zaxira jamgʻarmasi, maxsus grantlari mavjudligini tushuntirdi

“STA tashabbusi tushunarli, ogʻir ahvolda qolgan kishilar och qolishi mumkin, ularni biror bir moddiy tomon bilan taʼminlash lozim”, - deya taʼkidladi parlamentariy.

Uning fikriga koʻra, bu masala hal qilinmasa, u migrantlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar oʻsishiga olib kelishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Strategik tashabbuslar agentligi Rossiyada migrantlarga ham vaqtincha ishsizlik nafaqasini toʻlashni taklif qilgan edi.

Asosiy mavzular