17:55 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Migratsiya
Havola olish
150 0 0

Eslatib oʻtamiz, 13 iyuldan boshlab Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartiblari kuchaytirilgan edi.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. Janubiy Koreya bosh vaziri Chon Se Gyun COVID-19 tarqalishiga qarshi karantin choralari kuchaytirilgan davlatlar roʻyxat kengaytirilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qildi, deb xabar qiladi Tashqi migratsiya agentligi matbuot-xizmati.

Taʼkidlanishicha, roʻyxatga yangi kiritilayotgan mamlakatlar fuqarolariga qatʼiy karantin choralarini qoʻllash belgilanmoqda: xususan, roʻyxatga kiritiladigan mamlakatlardan keluvchilarga vizaga doir cheklovlar, kirish reyslariga taʼqiq qoʻyilishi mumkin yoki COVID-19 yoʻqligini tasdiqlovchi test xulosasi soʻraladi.

Taʼkidlanishicha, roʻyxatga boshqa davlatlar qatorida Oʻzbekiston va Filippin ham kirishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 13 iyuldan boshlab Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartiblari kuchaytirilgan edi.

14 iyul kuni eʼlon qilingan axborotga koʻra, Janubiy Koreyada bir sutka davomida COVID-19ga chalinganlik boʻyicha 33ta yangi holat qayd etilgan. Ularning aksariyati chet eldan kirib kelganlarda aniqlangan. Mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 13 512 nafarga yetgan, shundan 12 282ta holatda bemorlar sogʻaygan.

Asosiy mavzular