20:39 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Migratsiya
Havola olish
697 0 0

Rossiya IIV vakolatxonasida ommaviy amalga oshiriladigan noqonuniy chaqiriqlar uchun javobgarlik belgilab qoʻyilganini eslatishdi

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Rossiyadagi Qirgʻiziston IIV vakolatxonasi Moskvadagi qirgʻizistonlik ayollarga nisbatan zoʻravonlik harakatlariga daʼvat qilish aks etgan maqolalar holati yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Bu haqda vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda Sputnik Qirgʻiziston xabar bermoqda.

QR IIV vakolatxonasi xabariga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada ishlab turgan bir guruh yosh yigitlarning videomurojaati tarqalmoqda. Ular chet elliklar bilan uchrashayotgan qirgʻizistonlik ayollarni jazolashga daʼvat qilmoqda.

IIV vakolatxonasi aybdorlar Rossiya qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatgan va ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlanganligini maʼlum qilgan.

Bundan tashqari, kelajakda bu singari chiqishlar tarqalishining oldini olish maqsadida qirgʻiz diasporasi bilan uchrashuv rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular