13:42 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
166 0 0

Oʻzbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi vakillari ushbu hududdagi mehnat migrantlari holidan xabar oldi.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Oʻzbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi vakillari Primorsk oʻlkasining Mixaylovskiy tumanidagi “Esta Konstrakshn” MCHJga qarashli goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodining qurilish maydonida boʻlib, bu yerda ishlayotgan 700 dan ortiq vatandoshlarning ish faoliyati va yashash sharoiti bilan tanishdi.

“Dunyo” AA xabariga koʻra, diplomatlar mehnat va maishiy sharoitlari, umumiy ovqatlanish joylari, koronavirus pandemiyasi davrida koʻrilayotgan sogʻliqni saqlash choralari, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi hamda Oʻzbekiston fuqarolarining qonuniy huquqlari va manfaatlariga oid boshqa masalalar bilan yaqindan tanishdi.

Mehnat migrantlarining savollarga javob berish doirasida Amur viloyatidagi “Renaissance Heavy Industries”  kompaniyasi va Rossiya Federatsiyasining boshqa mintaqalarida chet ellik ishchilar, shu jumladan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan tartibsizliklar toʻgʻrisida bezorilik moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgani toʻgʻrisida axborot taqdim etildi.

Rossiya IIV MDH elchixonalariga murojaatnoma yubordi

Taʼkidlanishicha, bunday ziddiyatli vaziyatlarda qatnashmaslik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni kuchaytirish, ekstremizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi turli xil harakatlar va tashkilotlarga qoʻshilmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

“Uchrashuvda soʻzga chiqqan Bosh konsulxona vakillari va boshqalar vatandoshlarni Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonunlariga rioya qilish, mahalliy urf-odatlar hamda anʼanalarni hurmat qilish, oʻzbek xalqining boy madaniyatini targʻib qilishga hissa qoʻshishga chaqirdi” – deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 13 iyul kuni Amur gazni qayta ishlash zavodida 300ga yaqin ishchilar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari maoshdan norozi boʻlib korxona hududida tartibsizliklar uyushtirishgan edi. Shundan soʻng tartibsizliklarda ishtirok etgan bir necha kishi hibsga olingan va ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Asosiy mavzular