21:21 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Migratsiya
Havola olish
168 0 0

Oʻzbekiston Rossiya bilan migratsiya sohasida tuzilgan ikki tomonlama bitimlar ijrosini puxtaroq oʻrganishga qaror qildi.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Kecha 8 sentyabr kuni Tashqi mehnat migratsiyasi vazirligida Rossiyada vaqtincha mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini himoyasini taʼminlashga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtdi.

Xabarda aytilishiga koʻra majlisda mehnat migrantlarining huquqiy va ijtimoiy himoya qilish uchun qoʻshimcha kafolatlar va imkoniyatlar yaratish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi koʻrib chiqilgan. 

Undan tashqari mehnat migratsiyasi sohasidagi Oʻzbekiston va Rossiya orasidagi bitimlari ijrosi holatini puxtaroq oʻrganishga qaror qilingan.

Ushbu muhokamada bandlik va mehnat munosabatlari, sogʻliqni saqlash, tashqi ishlar, transport, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, qurilish va ichki ishlar vazirliklari rahbarlari, shuningdek Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzolari ishtirok etgan.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kun holatiga 3 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaning Samara va Rostov viloyatlarida chegaraga yaqin boʻlgan temir yoʻl stantsiyalarida vataniga qaytishni kutib qolishmoqda. Ular ogʻir sharoitlarda, palatka yoki tsellofan chodirlard 1-2 haftalab kutib qolishga majbur boʻlishmodqda. Mahalliy hukumat va nodavlat tashkilotlar ularga sharoit yaratishga, oziq-ovqat bilan taʼminlashga harakat qilishmoqda. 

Asosiy mavzular