23:16 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Migratsiya
Havola olish
607 0 0

Rossiya IIV yangi federal qonun kontseptsiyasini tayyorladi. Unda Rossiya fuqaroligini olish va chet elliklarning ishga joylashishini soddalashtirish koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. ​​Rossiya Ichki ishlar vazirligi yangi federal qonun kontseptsiyasini tayyorladi va muhokama qilmoqda. Qonun Rossiya fuqaroligini olish va chet elliklarning ishga joylashishini soddalashtiradi. Bu haqda “Rossiya segodnya” XAAdagi matbuot anjumanida Rossiya IIV migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻi Valentina Kazakova maʼlum qildi.

“Rossiya prezidenti topshiriqlarini inobatga olib... Ichki ishlar vazirligi ijroiya hukumati federal organlari bilan birgalikda bugungi kunda chet ellik fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi mutlaqo yangi federal qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Biz u yerda juda koʻp oʻzgarishlarni taklif qilmoqdamiz. Rossiya hududida boʻlib turish rejimi oʻzgaradi, hujjatlarni rasmiylashtirish soddalashtiriladi”, - dedi Kazakova.

Uning soʻzlariga koʻra, vazirlik yangi qonunda migratsiya rejimlari boʻlimini alohida belgilashni rejalashtirmoqda.

“Agar chet ellik fuqaro ishlash maqsadida kelayotgan boʻlsa, u oson, sifatli barcha hujjatlarini rasmiylashtira oladi. Buning uchun turli elektron reyestrlar joriy etiladi. Ish beruvchilar reyestri, xorijlik ishchilar reyestri. Hatto hujjatlar elektron tarzda beriladi”,  - deya aniqlik kiritdi Kazakova.

Bundan tashqari, Rossiyada chet elliklarning ish joylashish aksariyat tartib-qoidalari soddalashadi, chunki hozir chet el fuqarolarini ishga jalb qilish uchun 30 dan ziyod variantlar mavjud.

Rossiyada migratsiya sohasini katta islohot kutmoqda – asosiy takliflar

Shuningdek, vaqtincha yashash guvohnomasini (RVP) berish bosqichidan voz kechish taklif qilinmoqda. Chet elliklar birdaniga Rossiyada yashash guvohnomasini (VNJ) olib, keyin Rossiya fuqaroligini qabul qilishlari mumkin boʻladi.

Kazakova mazkur qonun loyihasi Rossiya Jamoatchilik palatasida 9 sentyabr kuni “ilk oʻqishdan” oʻtganiga oydinlik kiritdi. Hozir Rossiya IIV ishlab chiqilgan kontseptsiyaga oid eʼtiroz va takliflarni kutmoqda. Federal loyihaning oʻzi 2021 yilda paydo boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular