06:59 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Migratsiya
Havola olish
667 0 0

Mehnat migrantlariga huquqbuzarlik, jarima va soliqlarni toʻlamaslik holatlari qayd etiladigan maxsus ID-kartalar beriladi.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi migratsiya masalalari yuzasidan yangi federal qonunning kontseptsiya loyihasini tayyorladi. Hujjat soliqqa tortish, patent olish, daromad miqdori va ishlash uchun Rossiyaga kelganlar xorijliklarni roʻyxatdan oʻtkazishga yangicha yondashuvni nazarda tutadi.

Ekspertlar RF Ichki ishlar vazirligining takliflarini migratsiya qonunchiligini tubdan isloh qiladi, deya atamoqda.

“2022 yil 1 yanvardan boshlab (yangi federal qonun kuchga kirishi kerak), barchamiz yangicha hayot kechiramiz. Migrantlarni soliqqa tortish boʻyicha yangi tizim paydo boʻladi. Hisob boʻladi. Hozir hisobga olinmagan, qachon kelgani nomaʼlum boʻlgan migrantlar soni koʻp. Ularni barchasini reyestrga kiritamiz. Hozircha buni barchasini qoʻllab-quvvatlamoqdamiz. Men - ishchi guruh aʼzosiman (migratsiya masalalari toʻgʻrisidagi qonun muhokamasi - tahr.). Koʻp yillar davomida birinchi marta migratsiya qonunchiligida juda zarur yoʻnalishda oʻzgarish tendentsiyasini kuzatish mumkin”, - dedi Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov.

Kojenovning soʻzlariga koʻra, yangi qonun nafaqat migrantlarning hayotini osonlashtiradi, balki ish beruvchilarga chet el fuqarolarini ishga olish jarayoni ham soddalashtiradi.

Hujjatda migrantlar uchun ish haqi miqdori toʻgʻrisidagi band mavjud. Bu chet ellik ishchiga bu toifadagi ishchilar uchun aniq hududdagi oʻrtacha ish haqi darajasiga boʻlgan teng ish haqini tayinlashni nazarda tutadi. Bunday chora iqtisodiyotning qator sohalarida migrantlar uchun boʻsh ish oʻrinlarining qisqarishiga olib kelishi mumkin, - deb hisoblamoqda migratsiya qonunchiligi boʻyicha mutaxassis Rustam Karimov.

“Yaponiyada mahalliy aholiga qaraganda, migrantlarga koʻproq pul toʻlashni nazarda tutgan qonun mavjud. Natijada migrantlarni yollash foydasi yoʻq boʻlib qoladi. Ehtimol, qonun chiqaruvchilar bu tajribani Rossiyaga koʻchirishga harakat qilmoqdalar - yoki migrantlar sonini kamaytirish, yoki ularning hayotini haqiqatan ham yaxshilash uchun. Qonunchilik tashabbuslari koʻrinishidagi aniq hujjat paydo boʻlganda, tahlil qilish va ijobiy va salbiy tomonlarini koʻrish mumkin boʻladi. Ammo bu taklif oxir-oqibat qanday amalga oshirilishini aytish qiyin”, - deydi mutaxassis.

IIV tomonidan taklif qilingan qonun loyihasi kontseptsiyasida elektron patent rasmiylashtirilgandan soʻng, chet el fuqarolari tomonidan belgilangan avans toʻlovini toʻlashni joriy etish nazarda tutilgan. Shuningdek, mingrantning ish haqi hududda xuddi shu kasb va malaka egalari uchun belgilangan oʻrtacha koʻrsatkichdan past boʻlmasligi taxmin qilinadi. Chet ellik ishchilar uchun huquqbuzarlik, jarimalar va soliq toʻlovlari qayd etiladigan maxsus ID-kartalar joriy etiladi. Chet el ishchi kuchini taklif qilgan ish beruvchilar maxsus reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi, deb taxmin qilinmoqda.

Ilgariroq, RF Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻi Valentina Kazakova yangi federal qonun kontseptsiyasi Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtirishi va, ehtimol, 2021 yilda qonun loyihasi shaklida taqdim etilishi haqida maʼlum qilgandi.

Asosiy mavzular