15:19 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Migratsiya
Havola olish
895 0 0

Koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya qurilish maydonlarida mehnat migrantlarining yetishmasligi sezilmoqda.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Chegaralarning yopilgani Rossiya qurilish maydonlarida ishchi kuchi etishmasligiga olib keldi, deb taʼkidladi RF bosh vazir oʻrinbosari Marat Xusnullin.

Yaqin xorij, Xitoy va Koreya mehnat migrantlari hisobiga Rossiyaga ishchi kuchi oqimi keladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya Federatsiyasiga kirish sezilarli darajada cheklandi, shu sababli qurilish maydonlarda ishchilar yetishmayapti.

Ayni paytda Rossiyada ishsizlikning maʼlum darajasi saqlanib qolmoqda, shuning uchun odamlarni qurilish mutaxassisliklari boʻyicha qayta oʻqitishga toʻgʻri kelmoqda, deydi bosh vazir oʻrinbosari.

Xusnullin taʼkidlashicha, migrantlarning yetishmasligi qurilish loyihalari ishiga sezilarli darajada taʼsir qilmaydi.

Rossiya Federatsiyasi Qurilish vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya hududlarida 100 ming qurilish ishchilariga ehtiyoj mavjud.

Asosiy mavzular