06:30 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
479 0 0

Rossiya Markaziy banki 2018 yildan boshlab chet elga rekord darajadagi pul oʻtkazmalari haqida bayonot berdi

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiya Markaziy banki 2018 yilning oktyabridan boshlab hozirgi paytga qadar davlatdan chetga amalga oshirilgan rekord darajadagi pul oʻtkazmalarini qayd etdi. Bu haqda "Vedomosti" nashriga tayanib Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, 2020-yilning iyul oyida rossiyaliklar chet elga 837 million dollar yuborganlar. Shu bilan birga, mablagʻlarning kattagina qismi, 686 million dollari MDH davlatlariga yoʻnaltirilgan.

Yana 152 million dollar Rossiya chegaralariga yaqin davlatlarga yoʻnaltirilgan.

Statistikani shakllantirishda Markaziy bank mutaxassislari Western Union, "Zolotaya korona", "Yunistrim", Contact, Blizko (2020 yilning apreligacha boʻlgan davrgacha) hamda "Rossiya pochtasi" orqali amalga oshirilgan oʻtkazmalarni hisobga olganlar.

Eslatib oʻtamiz, mart oyidan boshlab chet elga pul oʻtkazmalari hajmi pasaya boshladi va 2020 yilning aprelida oʻzining minimumiga yetib, 302 million dollargacha pasaydi.

Pul oʻtkazmalarining kamayib ketishiga jahondagi koronavirus pandemiyasi, chegaralar yopilishi va koʻplab korxonalarning oʻz faoliyatini toʻxtatishi taʼsir koʻrsatdi.

Koʻplab migrantlar buning oqibatida ishidan mahrum boʻldilar.

Asosiy mavzular