14:44 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Migratsiya
Havola olish
318 0 0

Fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlaridagi haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Saudiya Arabistoni bandlik agentliklari va salohiyatli ish beruvchilari Oʻzbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirmoqda. Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, “Alhejazgroup” rekruting kompaniyasi vakillari ishtirokida videoaloqa shaklida uchrashuv oʻtkazildi.

Andijon va Orenburg viloyatlari oʻrtasida migratsiya sohasida bitim imzolandi

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish muhokama qilindi.

“Xususan, Oʻzbekistondagi mehnat bozorini oʻrganish orqali fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlaridagi haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda arab mamlakatlari hududida Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishning talablari, huquqiy himoya va mehnat sharoitlari haqida fikr almashildi.

Rossiyada oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga 15 dekabrgacha imtiyozlar beriladi

Asosiy mavzular