08:00 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Migratsiya
Havola olish
369 0 0

Oʻzbekistonlik oddiy ishchi kofe paketlari va jevachka bilan magazin kassasni oʻgʻrilardan qutqarib qoldi.

TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Rossiyaning Irkutsk shahrida supermarketda yordamchi ishchi boʻlib ishlaydigan 21 yoshli Salohiddin Mamatqulov doʻkon kassasini oʻgʻrilardan saqlab qoldi. 

Voqea tong soat 4:00 lar atrofida sodir boʻlgan. Salohiddin mahsulotlarni doʻkon peshtaxtalariga joylayotgan vaqtida ikki nafar niqobli kishi bostirib kirib unga pichoq bilan poʻpisa qilib kassani oʻmarmoqchi boʻlgan. Oʻgʻrilardan xavfsiz masofaga qochib, qoʻl ostidagi narsalarni oʻgʻrilar tomon ota boshlagan. Bunday qarshilikni kutmagan oʻgʻrilar tezda koʻzdan gʻoyib boʻlishgan. 

Supermarket egasi bu qahramonlik uchun Salohiddinni 10 ming rubl bilan mukofotlab, qoʻshimcha dam olish kunlari bergan. Shuningdek doʻkonni yaxshiroq qoʻriqlashni yoʻlga qoʻygan. Salohiddinga esa keyinchalik qoʻriqchi boʻlib ishga oʻtishni ham taklif qilish mumkin.

Asosiy mavzular