22:07 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
630 0 0

Migratsiya tadqiqotlari markazi direktori, INP RFA yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev Moskva merining mehnat migrantlari soni kamayganligi haqidagi bayonotiga izoh berdi

Sal oldin Moskva meri Sergey Sobyanin 2020 yilda mehnat migrantlari soni shaharda 40%ga pasaygani haqida xabar bergan edi.

Bu holat mavsumiy ishchilar jalb qilingan mehnat bozori va shahar xizmatlari, xususan, uy-komunnal xoʻjaliklari faoliyatiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Sputnik Tojikiston efirida Poletayev Rossiya hali uzoq vaqt mavsumiy ishchilarga muhtoj boʻlishini qayd etdi.

"Moskva va boshqa yirik shaharlarda mehnat migrantlari uchun joylar saqlanib qoladi, ammo "migrantlar"niki deb ataluvchi joylar endi oʻz turini oʻzgartiradi. Migrantlar endilikda yetkazib berish xizmati, qurilish sohasida koʻproq band boʻlishlari mumkin. JKX va xizmatlarda ham", - deydi ekspert.

Ekspertning taʼkidlashicha, iqtisodiyotda majburiy jimjitlik pasaya boshlagach, ish joylari yana paydo boʻladi.

Poletayev shuningdek, Rossiya markazi va shaharlarga ish kuchlarining jalb etilishi davom etishini qoʻshimcha qildi.

Ekspert soʻzlariga koʻra, demografik vaziyat mehnatga layoqatli yoshda boʻlgan migrantlar koʻproq jalb etilishini taqazo etmoqda. Ularning aksariyati rossiyaliklarga aylanishi mumkin va bu koʻrsatma allaqachon tatbiq etila boshlagan.

Asosiy mavzular