06:58 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
21210

Oxirgi besh-yetti yillar ichida Rossiyada masjidlar migrantlar uchun oʻziga xos yordam markazlariga aylandi.

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Rossiya Muftiylar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, Rushan Abbyasov Sputnik radiosiga Rossiyada masjidlar tomonidan ogʻir ahvolga tushib qolgan mehnat migrantlariga koʻrsatilayotgan yordam haqida hikoya qilib berdi. 

Bosh muftiy yordamchisining soʻzlariga koʻra, pandemiya sharoitida migrantlarning aksariyati ogʻir ahvolga tushib qolishgan. Rossiya masjidlari esa ana shunday migrantlar uchun oʻziga xos yordam markazlariga aylangan. 

"Qavmlarimiz orasida mehnat migratlari juda koʻp. Biz ularga nafaqat ruhan balkim boshqa maslalarda ham yordam, maslahat beramiz. Oxirgi 5-7 yil ichida Rossiya masjidlari oʻziga xos yordam markazlariga aylandi. Aldangan yoki ish qidirib yurgan migrantlar bizga koʻplab murojaat qilishadi. Afsuski, soʻnggi vaqtlarda vafot etgan yaqinlarini koʻmishga yordam soʻrab murojaat qilayotganlar ham koʻpaygan. OLdin vafot etganlarni vataniga qaytarishga harakat qilishgan boʻlsa, hozir chegaralar yopilishi munosabati bilan bu masla ham qiyinlashib qolgan.Biz imkon qadar yordam berayapmiz, lekin buning uchun koʻp kishini jalb qilishga toʻgʻri keladi", — dedi Abbyasov.

Muftiy yordamchisi aytishiga qaraganda, hududlarda ham musulmon jamoalari mahalliy hukumat vakillari bilan birgalikda migrantlar muammolarini hal qilishda yordam berishmoqda. Ana shunday yordam natijasi koʻplab migrantlar ishga joylashmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi bir necha yil davomida Oʻzbekiston hukumati tomonidan, mehnat migrantlariga yordam berish maqsadida, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tashkil etilib, Rossiyaning yirik shaharlarida uning vakolatxonalari ochilgan edi. Mehnat migratsiyasi agentligi ogʻir sharoitga tushib qolgan vatandoshlarni Oʻzbekistonga qaytarish, jumladan vafot etgan migrantlarning tanalarini vataniga yuborish bilan ham bevosita shugʻullanib kelmoqda. 

Asosiy mavzular