07:23 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
53420

Xalq taʼlimi vaziri baʼzi joylardagi mutasaddilar oʻzining bugungi muammosini hal qilaman deb “prezident siyosatiga xiyonat qilayotganini” tushunmayotganidan hayron boʻlgan.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik.  Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri Facebook᾽dagi sahifasida mamlakatning turli hududlaridan oʻqituvchilarni soʻrovnoma toʻldirish va aholi xatloviga jalb qilinishi haqidagi xabarlar skrinshotini joylashtirdi.

Skrinshotы soobщeniy iz raznыx regionov stranы o privlechenii uchiteley k provedeniyu oprosa i registratsii jiteley.
Skrinshotы soobщeniy iz raznыx regionov stranы o privlechenii uchiteley k provedeniyu oprosa i registratsii jiteley.

Shermatov baʼzi joylardagi mutasaddilar oʻzining bugungi muammosini hal qilaman deb “prezident siyosatiga xiyonat qilayotganini” tushunmayotganidan hayron boʻlgan.

“Prezidentimiz bu yil birinchi bor “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayramida oʻzlari chiqib tabrik soʻzi bilan murojaat qildilar. Taʼlim-tarbiya tizimini yaxshilash boʻyicha Farmon loyihasini tayyorlash boʻyicha topshiriq berdilar, keyin yana qoʻshimcha selektor oʻtkazib, har bir hokim endi kamida 30-40 foiz vaqtini maktabga yordam berishga qaratsin deb aytdilar va hurmatli hokimlarimizdan bu masalaga chin dildan yondashishni, kundalik topshiriq sifatida qabul qilmaslikni soʻradilar. Kuni kecha Farmonga imzo qoʻyishdan oldin yana bir bor taʼlimni koʻtarish muhimligini qatʼiy taʼkidladilar”, - deya qayd etdi vazir.

Xalq taʼlimi vazirining soʻzlariga koʻra, oʻqituvchilarni bunday majburiy jalb qilinishi nafaqat prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab davlat rahbarini imidjini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak. Shermatov har bir bunday holat boʻyicha joylardagi mutasaddilarni kerak boʻlsa jinoiy javobgarlikka tortishgacha olib borish zarur deb hisoblaydi.

“Hurmatli hokimlar va sektor rahbarlaridan xalq taʼlimi tizimi xodimlarini faqat taʼlim sifati boʻyicha ishlashlariga sharoit yaratishda yordam berishingizni soʻraymiz! Yordam berishga imkoniyatingiz boʻlmasa, iltimos, juda boʻlmasa xalaqit qilmang!”, - deya murojaat qilgan u.

Vazir quyidagi soʻzlarni qoʻshimcha qilgan: “Bunday qoʻshimcha ishlarga, adashmasam, Mehnat vazirligidagi alohida fonddan mablagʻ olib joylardagi ishsizlarni jalb qilsa boʻladi”.

Asosiy mavzular