16:17 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Migratsiya
Havola olish
661 0 0

Oʻzbekiston tomoni fuqarolarni Rossiyaga ishga joylashtirish masalasida Rossiya hukumatidan ruxsat olish boʻyicha bir nechta takliflar berdi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinov va Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirokchida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuvda koronavirus pandemiyasi paytida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalasi, Oʻzbekiston va Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan migratsiya sohasidagi shartnomalar loyihalarining bugungi kundagi holati muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki mamlakat migratsiya sohasida yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni fuqarolarni Rossiyaga ishga joylashtirish masalasida Rossiya hukumatidan ruxsat olish boʻyicha bir nechta takliflar berdi. Berilgan takliflarni Rossiya tomoni muhokama qilib, natijasi boʻyicha maʼlum qilinishini taʼkidladi.

“Muzokaralar yakunida tomonlar pandemiya davrida Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Rossiyada ishga jalb qilish, xususan, mamlakat hududiga kirishga va ishlash uchun ruxsat olish, mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan holda joʻnatish, karantinda boʻlish kabi jarayonlarni soddalashtirish yuzasidan qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

Agentlik hozirda uchrashuvda bildirilgan barcha fikrlar boʻyicha Rossiya tomonidan takliflar olinishi kutilayotganini qoʻshimcha qilgan.

Mavzu boʻyicha

Yana 287 nafar oʻzbekistonlik Rossiyaga ishlashga joʻnab ketdi
Saudiya Arabistonida Oʻzbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirildi
"Mehnat bozorini tiklaymiz": Rossiyaning yirik ish beruvchilari Oʻzbekistonga keldi
Rossiyaga 144 nafar oʻzbekistonlik ishlash uchun uchib ketdi
Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga qassobchilik uchun joʻnatilishi mumkin
Yana 340 nafardan ziyod oʻzbekistonlik Rossiyaga ishlashga joʻnab ketdi
Teglar:
Erkin Muhitdinov, Mehriddin Xayriddinov, Vladimir Tyurdenev, migrantlar, migratsiya, Rossiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular