16:38 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (81)
71910

Yangi yilda Rossiyadagi mehnat muhojirlari qurilish sohasi ancha qulayroq boʻladi va yer usti transporti yoʻnalishiga ishga joylashish ancha qiyin kechadi.

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 2021 yilda xorijiy ishchilarning ruxsat etilgan ulushini tasdiqlovchi farmonni imzoladi.

Tegishli hujjat huquqiy-axborot rasmiy internet-portalida joylashtirilgan.

Yangi roʻyxatda, mehnat muhojirlari odatda ish bilan band boʻlgan qator iqtisodiy faoliyat turlari uchun yollanib ishlaydigan xorijiy ishchilar ulushiga aniqlik kiritilgan.

Jumladan, kelgusida xorijiy ishchilarning ruxsat berilgan qismi oʻrmonchilik va yogʻoch tayyorlash sohasida, hamda sabzavot yetishtirish va mebel tayyorlash ishlarida band boʻladiyu Bunday subʼyektlarda foydalaniladigan bunday ishchilarning ulushi umumiy ishchilar sonining 50%ini tashkil etishi mumkinligi belgilangan.

Qurilishda bu miqdor 80 %ni, quruqlikdagi yoʻlovchilar transportida, shu jumladan, yuk tashish transportida ham umumiy hajmning atigi 24 foizini tashkil qiladi.

Shu bilan birga, qurilishdagi miqdor Buryatiya, Dogʻiston, Amur viloyati va Moskvaga daxl qilmasligi belgilangan.

Dogʻiston uchun bu ulush 50%ni tashkil etadi.

Koʻchmas mulk boshqaruvida ragʻbatlantirish yoki kelishuv shartnomasi asosida 70%gacha yollanma ishchi kuchi jalb etilishiga ruxsat berilgan.

Migrantlarning 70%i JKX sohasiga binolar va hududlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishga joylashishlari mumkin boʻladi.

Mavzu:
Migratsiya (81)

Asosiy mavzular