13:28 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
545 0 0

Maʼlum boʻlishicha, Rossiyada migrantlar hujjatlarini, hatto ularning muddatlari oʻtgan boʻlsa ham, yana yarim yilga uzaytirishlari mumkin

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiyada chet ellik fuqarolarning hujjatlari muddatini kelgusi yilning yoz oyigacha uzaytirishlari mumkin, deb xabar qilmoqda "Parlamentskaya gazeta" nashri.

Bu haqda Federatsiya kengashida migrantlarning ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi masalalariga bagʻishlangan yigʻilish vaqtida RF IIV migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasi rahbari oʻrinbosari Kirill Adzinov maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, hozirda hujjat muddatini uzaytirish ustida ish ketmoqda.

"Biz prezident administratsiyasi bilan uning keyingi uzaytirilishi ustida ish olib bormoqdamiz. Kutilishicha, hujjat kelgusi yilning yoz oylarigacha uzaytirilishi mumkin", - deya aniqlik kiritdi Adzinov.

Eslatib oʻtamiz, chet ellik fuqarolarning hujjatlari muddatini uzaytirish qarori koronavirus pandemiyasi va 18 aprel kuni mamlakatlar oʻrtasida chegaralar yopilishi munosabati bilan eʼlon qilingan edi.

Oʻsha vaqtdan buyon hujjat ikki marotaba uzaytirildi. Avvaliga 15 sentyabr, soʻngra 15 dekabrga qadar.

Taʼkidlash joizki, qabul qilingan hujjatga koʻra, migrantlar Rossiyada ularga mamlakatda yashash huquqini beruvchi hujjatlari muddati oʻtib ketgan taqdirda ham qolishlari mumkin.

Registratsiyalar, patentlar, yashash huquqini beruvchi hujjat (vid na jitelstvo) va boshqa hujjatlar muddati oʻtgan hisoblanmaydi, ularni bekor qilishmaydi, shuningdek, bu asosda chet elliklar RFdan deportatsiya ham qilinmaydi.

Asosiy mavzular