TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasi, yashash guvohonasi, patent va ishlash uchun ruxsatnoma olish maqsadida rus tili, tarix va qonunchilik asoslari boʻyicha imtihon olishga doir 151-FZ-sonli Federal qonuniga kiritilgan oʻzgartirishlar normativ huquqiy hujjatlar rasmiy portalida eʼlon qilindi.
Asosiy oʻzgarishlar:
🔹 rus tili, tarix va qonunchilik asoslaridan imtihon oʻtkazadigan tashkilotlar roʻyxati Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan tasdiqlanadi va tegishli veb-saytda joylashtiriladi;
🔹 rus tili, tarix va qonunchilik asoslari boʻyicha sertifikatning amal qilish muddati Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan belgilanadi va har bir alohida xizmat (RVP, VNJ, patent) farq qiladi;
🔹 RVP, patent va ishlash uchun ruxsat olish uchun yashash guvohnomasi uchun olingan sertifikat bilan tilni bilishni tasdiqlash mumkin;
🔹 RVP sertifikati patent va ishlashga ruxsat olish uchun tilni bilishini tasdiqlash mumkin;
🔹 rus tilidagi berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus maʼlumotlar bazasida saqlanadi, unga Ichki ishlar vazirligi kirish imkoniyatiga ega boʻladi;
🔹 RF hukumati tomonidan hisoblash metodikasi asosida sertifikatning maksimal narxi belgilanadi;
🔹 Rossiya Federatsiyasi hukumati imtihonlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiqligini tekshirishni oʻz zimmasiga oladi;
🔹 Qonun kuchga kirgunga qadar berilgan sertifikatlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Oʻzgarishlar 2021 yil 7 iyuldan kuchga kiradi.