16:41 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Migratsiya
Havola olish
Migratsiya (88)
1030 0 0

Sal oldin Tver viloyatida mahalliy hukumat qarori bilan 2021 yildan patent narxi koʻtarilishi haqida xabar berilgan edi.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Moskva va Moskva viloyatida 2021 yilda patent narxi qancha boʻlishi ochiqlandi.

Moskvada 2021 yilda patent narxi 2020 yildagi kabi 5341 rubl boʻlishi, yaʼni oʻzgarishsiz qolishi aytilmoqda. Moskva viloyatida ham patent narxi oʻzgarishsiz qoladi va 5092 rublni tashkil etadi.

Sal oldin Tver viloyatida mahalliy hukumat qarori bilan 2021 yildan patent narxi koʻtarilishi haqida xabar berilgan edi.

Patent uchun oylik toʻlov shu vaqtgacha 5327 rubl boʻlgan boʻlsa, endilikda migrantlar 5805 rubl toʻlashlariga toʻgʻri keladi.

Tver gubernatori Igor Rudeni boshchiligidagi Tver viloyati hukumati prezidiumi majlisida qabul qilingan qarorga koʻra, bu choradan koʻzlangan maqsad mahalliy aholi bandligi darajasini oshirishdir.

RF hududlarida 2021 yilda patent narxidagi oʻzgarishlarni quyidagi havola orqali bilib olish mumkin.

Mavzu:
Migratsiya (88)

Asosiy mavzular