TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshqa mamlakatdagi hamkasblari bilan Rossiyada migrantlar yetishmasligi masalasini muhokama qiladi.
Bu haqda u Davlat kengashi strategik rivojlanish va milliy loyihalar kengashining qoʻshma yigʻilishida maʼlum qildi.
Tatariston rahbari Rustam Minnixanov pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlar qurilishlarda ishchilar kuchi yetishmasligini keltirib chiqargani haqidagi masalani koʻtardi. U Putindan hukumatga mehnat resurslari oʻta taqchil boʻlgan joylarga migrantlarni saralab kiritishni tashkil etish masalasini ishlab chiqishni topshirishni iltimos qildi.
“<...> bizga mehnat migrantlari keladigan mamlakatdagi hamkasblarim bilan buni muhokama qilaman”, - dedi Putin. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin ham davlat rahbaridan qurilishda ishchi kuchi yetishmasligi masalasini koʻrib chiqishni iltimos qilgan edi.