17:36 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Migratsiya
Havola olish
437 0 0

Eng katta jarima - materialni bilmaydigan migrantga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisida sertifikat topshiradiganlarga belgilangan.

TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet elliklar zarur testlardan oʻtganlaridan soʻng adolatsiz tarzda ularga "avtomat" qoʻyadigan tashkilotlar va imtihon oluvchilarga nisbatan jarimani nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana

Hujjat huquqiy-axborot rasmiy internet-portalida eʼlon qilingan.

Eng katta jarima - materialni bilmaydigan migrantga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisida sertifikat topshiradiganlarga belgilangan.

"Ekzamen oluvchiga bu uchun 30 mingdan 50 ming rublgacha jarima solinishi mumkin, yuridik shaxslar esa 300 mingdan 500 minggacha jarima toʻlaydi", - deb qayd etilgan hujjatda.

Bundan tashqari, endilikda, tasdiqlangan hujjatga koʻra, imtihonni oʻtkazish shakli, sertifikattni topshirish tartibi, imtihon uchun fiktiv narx oʻrnatganlik va natijalarni saqlash tartibini buzganlik uchun ham jarima toʻlattiriladi.

Imtihon natijalarini federal reyestrga notoʻgʻri kiritganlik uchun ham amaldorlar uchun 15 ming rubldan boshlanadigan, yuridik shaxslar uchun esa 150 ming rublgacha jarimalar koʻzda tutilgan.

Bu singari maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish va ish qoʻzgʻatish boʻyicha vakolatlar Rosobrnadzorga beriladi.

Eslatib oʻtamiz, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari boʻyicha kompleks imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik boʻyicha sertifikat migrantlarga ishga joylashish, vid na jitelstvo va vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarni olish uchun zarur.

Chet elliklar imtihonlarni taʼlim tashkilotlarida va Rossiya oliygohlarida topshiradilar.

Teglar:
migrant, Vladimir Vladimirovich Putin, Vladimir Putin, Putin, vid na jitelstvo, Rossiya fuqaroligi, Rossiya prezidenti, Rossiya, til va adabiyot, patent uchun toʻlov, patent

Asosiy mavzular