09:27 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Migratsiya
Havola olish
87120

Migrantlar mamlakatdan ketgani tufayli Rossiya qurilish kompaniyalarida "suvoqchi" va "gʻisht teruvchi ustalar" yetishmasligi yuzaga keldi.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya qurilish kompaniyalarining deyarli uchdan bir qismi pandemiya sababli chet ellik ishchilar sezilarli darajada mamlakatdan ketganligini qayd etdi. Bu haqda Milliy quruvchilar uyushmasi (NOSTROY) prezidenti Anton Glushkov maʼlum qildi.

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy

Mamlakatdan migrantlar ketgani tufayli eng koʻp - yordamchi ishchilar, suvoqchilar, gʻisht teruvchi ustalar va betonchilar yetishmayapti. Oynasoluvchilar va ohaktosh ustalariga boʻlgan yetishmovchilik nisbatan kamroq.

Assotsiatsiya rahbari taʼkidlashicha, kompaniyalarning yarmidan koʻpi ishchilarni jalb qilishda qiyinchiliklarga duch kelmayapti. Koʻpgina kompaniyalar rossiyaliklar va MDH davlatlari fuqarolari nisbati oʻzgargani sezilmadi.

"Shu bilan birga, kompaniyalarning 34,8 foizida ish haqi fondi sezilarli darajada oshdi, kompaniyalarning yarmi ish haqini avvalgi darajala ushlab turmoqda", - dedi Glushkov.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat migrantlarini qurilish maydonlariga jalb qilish tartibini 1 martga qadar soddalashtirish boʻyicha topshiriq bergandi.

Qurilish vazirligi rahbari Irek Fayzullin migrantlarni Rossiyaga olib kelish mexanizmi yoʻlga qoʻyilganini maʼlum qildi. Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi.

Eslatib oʻtamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy kompaniyalar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik asosida bugungi kunda rossiyalik ish beruvchilar Oʻzbekistonning ayrim hududlarida RFga qurilish sohasiga ishga jalb qilish boʻyicha tanlov oʻtkazishmoqda.

Oʻtgan haftada Samarqand shahridagi Avtomobilsozlik kollejida rossiyalik ish beruvchilar ishtirokida tanlov oʻtkazildi. Suhbat vaqtida boʻlajak xodimlarning ish tajribasi, koʻnikmalari, qurilish sohasidagi mutaxassisliklari, rus tilini bilish darajasiga eʼtibor qaratildi. Qurilish kompaniyalari Oʻzbekistondan 4000 kishini ishga yollashni rejalashtirgan. Ular montajchilar, payvandchilar, gʻisht teruvchilar, armaturachilar, beton plitalarini joylashtiriuvchilar va ichki pardoz ishlari olib boruvchilar va boshqa mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda.

Teglar:
qurilish, ish, migrantlar, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular