16:31 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Migratsiya
Havola olish
1208 0 0

Rossiya hukumati YEOIIga aʼzo mamlakatlardan boʻlgan migrantlarning biometrik maʼlumotlarini topshirishini majburiy etib belgilashni taklif qilmoqda.

Rossiya hukumati Davlat dumasiga koʻrish chiqish uchun yangi qonun loyhasini kiritdi, unga koʻra Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan mamlakatga 90 kundan ziyod muddatga kirayotgan chet elliklar biometrik maʼlumotlarini topshirishlari va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart boʻladi. Hujjatga muvofiq daktiloskopiya voyaga yetmaganlar va keksalar uchun shart emas.

Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari boʻyicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy bu haqda fikr bildirib, ushbu chora “Oʻzbekistonning YEOII tarkibiga ehtimoliy kirishi arafasida” koʻrilayotganini taxmin qildi.

“Hozir Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyada patent asosida ishlashadi. Agar respublika YEOIIga kirsa, tartib soddalashadi”, - dedi u.

Moskovskiy Oʻzbekiston ittifoqqa kirgan taqdirda mamlakat fuqarolari Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Belarus fuqarolari singari ishlashga kelishlari va patent rasmiylashtirishlari shart boʻlmasligini qoʻshimcha qildi.

“Mamlakat (Rossiya – tahr.) Oʻzbekiston va Tojikiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirishiga yanada tayyorroq boʻladi, lekin shu bilan birga bizda (Rossiyada – tahr.) ishlayotgan bu respublikalar fuqarolari soliqqa tortilishdan va tegishli xizmat nazoratidan qochmasliklari kerak”, - dedi ekspert Sputnik Oʻzbekiston bilan suhbatda.

Hozir Rossiyaga kirishda barmoq izlarini “patent va viza oluvchilar” topshirishlari shart, deya eslatdi Moskovskiy. Shu bilan birga bugungi kunda Rossiyada mehnat qilayotgan chet elliklarning aksariyat qismini YEOIIga aʼzo mamlakat fuqarolari tashkil etadi.

“Biometriya maʼlumotlarini hatto vizisiz rejimda ham olish mumkin, buning ustiga bu Rossiyaga uzoq muddatga kelayotganlarga taalluqli. Bu yerda ham davlat, ham bu fuqarolarning oʻzlarining xavfsizligi masalasi turibdi”, - dedi Moskovskiy.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 11 dekabr kuni Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi davlat maqomini oldi.

Moskovskiy o biometrii dlya migrantov: RF gotovitsya k vstupleniyu Uzbekistana v YEAES
Teglar:
migrantlar, YEOII, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular