Sankt-Peterburdagi "Raketa" soat zavodi mutaxassislari Notr-Dam-de-Pari cherkovi soatini qayta tiklanish ishlarida ishtirok etmoqdalar.
Zavod muhandis-konstruktori Vitaliy Komarov amalga oshirilishi lozim boʻlgan ish hajmini "muhim", deya ataydi. Uning taxminiga koʻra, mexanizmni qayta tiklash uchun taxminan 2 mingga yaqin detallar kerak boʻladi. Zavodda signal moslama ishlab chiqilgan boʻlib, u bino ichida turgani holda, cherkov fasadidagi vaqtni aks ettiradi.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 15 aprelida Parijdagi Notr-Dam-de-Pari ibodatxonasida 15 soatdan ortiq davom etgan yongʻin yuz bergan edi. Hodisa natijasida bino shpili va tomining bir qismi oʻpirilib tushgan, shuningdek, ichki bezaklarga zarar yetgan.