08:11 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
320680

Manbaning soʻzlariga koʻra, dastur ikki oy ichida ishga tushiriladi

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. 15 martdan boshlab poytaxtda yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd qilish videotizimi ishga tushirildi. Shu tufayli Toshkent shahar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi jarimaga tortilayotgan haydovchilarni xabardor qiluvchi maxsus dasturni ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga boshqarmadagi manba.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda mutaxassislar ushbu tashabbusni amalga oshirish mexanizmlarini oʻrganishmoqda va ular haydovchilarni jarimalar haqida ogohlantirish uchun eng qulay va maqbul usulni tanlashni rejalashtirgan.

"Aytish joizki, haydovchi saytga oʻz texpasportidagi talab etilgan maʼlumotlar, haydovchilik guvohnomasi raqami, avtomobil davlat raqami, pasport maʼlumotlari, shuningdek mobil telefoni raqamini kiritadi. Shundan soʻng unga real vaqtda u yoʻl qoʻyayotgan qoidabuzarliklar haqida SMS-xabarlar kela boshlaydi. Bu hozircha koʻrib chiqilayotgan variantlardan biri. Balki maxsus mobil ilova yaratilishi ham mumkin", — deb taʼkidlagan suhbatdosh.

Teglar:
qoidabuzarlik, militsiya, jarima

Asosiy mavzular