22:01 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
369 0 0

Sal oldin Markaziy bank raisi oʻrinbosarlari - Shohruh Shoahmedov va Sherzod Xajimuratov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingandi

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Atabayev Shuxrat Xaldarovich Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 iyundagi PF-5093-son farmoniga muvofiq Atabayev Shuhrat Xaldarovich Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi", — deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq, Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelayotgan Timur Ishmetov Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, Saidkamol Xodjayev Markaziy bank raisining oʻrinbosari etib tayinlangan edi.

Markaziy bank raisi oʻrinbosarlari — Shohruh Shoahmedov va Sherzod Xajimuratov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
Markaziy bank

Asosiy mavzular