20:48 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
36220

Ayni vaqtda xorijiy mamlakatlar bilan ushbu mahsulot turini import qilish uchun Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan sertifikatni olish borasida muzokaralar olib borilmoqda

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Tsyurix shahrida Oʻzbekiston va Shveytsariya ishbilarmon doiralari oʻrtasida oʻtkazilgan biznes-forumda Oʻzbekistondan konservalangan palovni import qilish masalasida muzokaralar olib borildi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

"Ayni paytda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mamlakatimizning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda konservalangan palovni Germaniya va Shveytsariya bozorlariga eksport qilishni tashkil etish masalasini koʻrib chiqmoqda", deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, xorijiy mamlakatlar bilan ushbu mahsulot turini import qilish uchun Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan sertifikatni olish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Biznes-forum doirasida erishilgan kelishuvga muvofiq, Shveytsariya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi import qiluvchi korxonalar, yirik savdo tarmoqlari va riteyl-kompaniyalar, tadbirkorlar uyushmalari, birlashmalari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatish, uni yanada faollashtirish, xususan, ushbu mamlakatlar bozorida Oʻzbekiston kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish, oʻzbekistonlik tadbirkorlarning yirik koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi, qoʻshma tadbirlar oʻtkazish, zarur litsenziya va sertifikatlar olish ishlarini tashkil etish koʻzda tutilgan.

Teglar:
konservalangan palov

Asosiy mavzular