16:17 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Novorojdennыe

Oʻzbekiston 2018 yilda tugʻruqxonalarni jihozlashga 50 mln dollar ajratadi

© Sputnik / A. Solomonov
Yangiliklar
Havola olish
16320

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati taqdim etgan xabarga koʻra, 2018 yildan dunyoda birinchilardan boʻlib, barcha oʻsmir qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash bilan toʻliq qamrab olish, yoʻlga qoʻyiladi. Bu ayollar oʻrtasida onkologik kasalliklarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda tugʻruqxona muassasalarini jihozlashga 2018 yilda 50 million AQSH dollari ajratilishi koʻzda tutilmoqda, bu haqda 28 noyabr kuni boshlangan Oʻzbekiston akusher-ginekologlarining IX sʼyezdida maʼlum qilindi.

Tadbirda Oʻzbekiston ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari olimlari, shifokorlar, yosh tadqiqotchilar bilan birga Rossiya, Germaniya, Belarus, Italiya, Ispaniya, Chexiya, Turkiya, Isroil, Meksika va Ukraina singari qator mamlakatlardan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Sʼyezd davomida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari boshligʻining onalik va bolalikni muhofazalash boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilayotgani, shuningdek, bolalarda nasliy kasalliklarga chaqaloqlarni ommaviy skrining tekshiruvlarini oʻtkazish, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari tarkibida bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi boʻlimlarini tashkil etish rejalashtirilayotgani haqida aytib oʻtildi.

Shuningdek, Oʻzbekistondagi qishloq oilaviy poliklinikalarida ginekolog va pediatr vrachlarning shtatlar jadvali koʻpaytirilishi maʼlum qilindi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati taqdim etgan xabarga koʻra, 2018 yildan dunyoda birinchilardan boʻlib, barcha oʻsmir qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash bilan toʻliq qamrab olish, yoʻlga qoʻyiladi. Bu ayollar oʻrtasida onkologik kasalliklarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular