Shveysariyaning "Credit Suisse" banki Boshqaruvchi direktori O‘zbekistonga keldi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Tashkent
Goroda mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida hamkorlikning istiqbolli loyihalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Shveysariyaning "Credit Suisse" banki Boshqaruvchi direktori O‘zbekistonga keldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"2018 yilning 9-yanvar kuni Toshkent shahriga Shveysariyaning "Credit Suisse" banki Boshqaruvchi direktori Stefan Gerig boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi", — deyiladi xabarda.

Tashrif dasturiga binoan hamkorlikning istiqbolli loyihalarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston Hukumati, qator vazirlik va idoralar, yetakchi bank tuzilmalari, davlat kompaniyalari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0