Prezident harbiylarning ruhiy tayyorgarligi bo‘yicha yangi meyoriy hujjatlar kerakligini aytdi

© IA "Jaxon"Voyennoslujashie armii Uzbekistana.
Voyennoslujashie armii Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari harbiy xizmatchilar har tomonlama sog‘lom va chidamli bo‘lishi, har qanday murakkab jismoniy va ruhiy sinovlarga bardosh berishi kerakligini ta’kidladi

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida harbiylarining ruhiy tayyorgarligi bo‘yicha yangi meyoriy hujjatlar ishlab chiqish topshirig‘ini berdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev posetil Akademiyu Voorujennix Sil - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi
Prezident o‘z nutqi davomida har bir ofitser va serjant egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, o‘z faoliyatiga tanqidiy baho berishi kerakligini, o‘z-o‘ziga "Men kelgusida xizmatni davom ettirishga munosibmanmi yoki yo‘qmi?" degan savolga javob berishi shartligini qayd etdi.

Mirziyoyevga ko‘ra, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik harbiy xizmatchilar uchun xizmat faoliyatida, harbiy karyerasida va umuman, turmush tarzida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lishi zarur.

"Harbiy xizmatchilarning ruhiy jihatdan chidamli bo‘lishi haqida gapirganda, keyingi paytda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qurolli to‘qnashuvlarda ko‘zga tashlanayotgan bir holatga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ya’ni, jangovar harakatlar davomida shaxsiy tarkib o‘rtasidagi yo‘qotishlarning asosiy qismi kuchli ruhiy ta’sir va zarbalar bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘lmoqda. Bunday ruhiy jarohatlarni hatto tinch hayot sharoitida ham davolash juda murakkab masaladir", — dedi prezident.

Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi bo‘yicha prinsipial jihatdan yangi meyoriy hujjatlar ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Bu borada asosiy e’tiborni harbiy-amaliy masalalarni hal etishga yo‘naltirish lozim. Harbiy xizmatchilar har tomonlama sog‘lom va chidamli bo‘lishi, har qanday murakkab jismoniy va ruhiy sinovlarga bardosh berishi kerak", qo‘shimcha qildi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0