18:09 21 Aprel 2018
Efir
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG

Mudofaa vazirligidagi koʻplab mansabdor shaxslar ishonchni oqlamagan - Mirziyoyev

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Yangiliklar
Havola olish
717 0 0

"Ochiq aytish kerak, ular asosan eski usullar bilan ishlab, qoʻshinlar bilan muntazam aloqa oʻrnatmagan, harbiy kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy eʼtibor qaratmagan, zarur hollarda mustaqil qaror qabul qilishda ularga qatʼiyat yetishmagan", - deb taʼkidlagan Oʻzbekiston prezidenti

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoʻshinlardagi tashkiliy-shtat oʻzgarishlari va hozirgi paytda Mudofaa vazirligi tomonidan qoʻshinlarni yangi tashkiliy tuzilmaga oʻtkazish ishlari boshlanganini va bu ishlar yangi oʻquv yiliga qadar yakunlanishi zarurligini aytdi. Mirziyoyev bu borada Mudofaa vazirligi sobiq rahbariyati jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganini qoʻshimcha qildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Ana shu chora-tadbirlar haqida gapirganda, mudofaa vaziri va uning oʻrinbosarlari eʼtiborini ushbu vazifalarning naqadar muhim ekaniga qaratmoqchiman. Ularning ijrosini shaxsan oʻzim nazorat qilib boraman", — dedi prezident.

Mirziyoyev shuningdek, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi P.Ergashev bu borada faqat mexanizm yaratish emas, balki uni samarali ishlatish oʻta muhim ahamiyatga ega ekanini chuqur anglab yetishi kerakligini, qoʻshinlar istalgan daqiqada oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishga qodir boʻlishi kerakligini, ular jangovar tayyorgarlikning yangi tizimi boʻyicha muntazam shugʻullanib borishi, barcha harbiy xizmatchilar haqiqiy professional kadr boʻlishi uchun oʻz sohasini puxta egallashi shartligini qayd etdi.

"Nima uchun bu talablar bugun kun tartibiga keskin qilib qoʻyilmoqda? Chunki, Mudofaa vazirligidagi koʻplab mansabdor shaxslar ishonchni oqlamagani, oʻzlarini koʻrsatishda sustkashlikka yoʻl qoʻygani, ularda tashabbus yoʻqligi, mustaqil qarorlar qabul qilishni, masʼuliyatni oʻziga olishga tayyor emasligi bunga sabab boʻlmoqda.

Holbuki, ularga oʻz qobiliyatini amalda namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan edi. Bunday kamchiliklar mudofaa vazirligi sobiq rahbariyati faoliyatining natijasi, desak xato boʻlmaydi. Ochiq aytish kerak, ular asosan eski usullar bilan ishlab, qoʻshinlar bilan muntazam aloqa oʻrnatmagan, harbiy kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy eʼtibor qaratmagan, zarur hollarda mustaqil qaror qabul qilishda ularga qatʼiyat yetishmagan.

Afsuski, buning oqibatida bizda koʻp hollarda harbiy boshliqlar tepadan buyruq kutib oʻtirishga oʻrganib qoldi. Yana bir bor takrorlab aytaman: har bir komandir va qoʻmondon oʻz harbiy qismi va okrugining sharoitidan, mavjud jangovar vaziyatdan kelib chiqqan holda, tezkorlik bilan har tomonlama asoslangan, mustaqil qaror qabul qilishga qodir boʻlishi shart", — deb taʼkidlagan Oʻzbekiston prezidenti.

Asosiy mavzular